Главная » 2015 » Февраль » 5

Shakira va Pike’ning yangi baxti


  • Admin
  • 06 Фев 2015(01:15)
  • 929
  • 0

Kolumbiyalik xonanda Shakira va Ispaniyalik futbolchi Jerar Pike farzandli bo’lishdi.
Ma’lumotlarga ko’ra, chaqaloq payshanba kuni kechasi dunyoga kelgan. Baxtiyor ota – ona hali ikkinchi farzandining ismini aytishmadi.
Qiziquvchan nigohlardan uzoqroqda bo’lish uchun, Shakira, Barselonadagi tug’ruqxonaning to’liq bir qavatini bronlagan.
Bundan sal avval esa, Shakira va Pike, birinchi farzandlarini, Milanga yettita har xil til o’rgatishni rejalshtirganlari ma’lum bo’ldi. Latinoamerikalik xonanda, ona tili ispan tili bo’lgan ikki yoshli farzandining barvaqt xorijiy tilllarni o’rganishi foydali ekanligiga ishonadi.
«Barselona» futbol klubi himoyachisi, Hips Don’t Lie va She Wolf xitlari ijrochisi bilan 2010 yili tanishgan. Shu yili Pike Shakiraning, Futbol bo’yicha Jahon Chempionatining madhiyasi, Waka Waka klipida suratga tushgan.

Всего комментариев: 0
avatar