Главная » 2015 » Сентябрь » 3

“Sharq taronalari” yopilish marosimida 3D-mapping shou namoyish etildi


  • News
  • 03 Сен 2015(15:21)
  • 855
  • 0
“Sharq taronalari” musiqiy festivali yopilishi doirasida yog‘duli-musiqiy shou — 7 daqiqalik 3D-mapping namoyish etildi. Bu haqda O‘zEOAVMA vakili Sarvar Navro‘zov “Daryo”ga ma’lum qildi.

Yevropa va AQShning yirik shaharlarida namoyish qilinadigan ko‘ngilochar shoulardan farqli ravishda Registon maydonidagi tomosha aniq tarixiy dalillar va voqealarga asoslangan.

“Bu unutilmas shou bo‘ldi. Men ko‘p mamlakatlarda bo‘lganman, biroq tarixiy voqealarga nisbatan bunday e’tiborni hech qayerda his qilganim yo‘q. G‘aroyib siymolar, xuddi jonlidek, biz suygan Sharqning noyob estetikasini namoyish etdi”, — deya o‘z taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi fransiyalik Anora Gabriel.

“Bu shou O‘zbekistonga tashrif buyuradigan chet ellik turistlar uchun o‘ziga xos mayoq bo‘ladi. Bunday tomoshani hech qachon ko‘rmaganman. Buning ustiga asosiysi – u real tarixiy dalillarga asoslangani uchun originaldir”, — deydi Janubiy Koreya vakili Park Yuen Xiye.

“Bizning Yangi Zelandiyada bunday shoular juda ommaviylashgan. Biroq ular barcha ma’rifiy jihatlarini unutib, tomoshabop bo‘lishiga harakat qilishadi. O‘zbekiston boshqa yo‘ldan bordi — dunyoda birinchi marta tarixiy voqealar asosiga qurilgan, uydirmalarsiz, buyuk tarixiy shaxslar va ularning Sharq madaniyatiga qo‘shgan hissasi haqida ko‘p ma’lumot beruvchi asar yaratildi”, — deya qo‘shimcha qildi Nikola Paseni.

Shouning to‘liq 30 daqiqalik versiyasi joriy turistik mavsumda taqdim etiladi. Hozirda 100 dan ortiq mahalliy va chet ellik dizaynerlar, tarixchilar, 3D-mapping mutaxassislari, rejissorlar va operatorlar shou ustidagi ishlarni yakunlash arafasida turibdi.
Загрузка...
Всего комментариев: 0
avatar