Главная » 2016 » Сентябрь » 13

Shimoliy Koreya vakili yadro sinovlari AQShga qarshi qaratilganini ma’lum qildi


  • Pro_eXclusive
  • 13 Сен 2016(16:18)
  • 182
  • 0
Koreya Mehnat partiyasi markaziy qo‘mitasi raisining o‘rinbosari Li Su Yon yaponiyalik deputat Antonio Inoki bilan uchrashuvi chog‘ida KXDRning beshinchi yadro sinovi AQShga qarshi qaratilganini bildirdi. Bu haqda Kyodo manbalariga tayanib, “RBK” xabar bermoqda. Inokining ta’kidlashicha, Li Su Yon “Ushbu sinovdan ko‘zda tutilgan maqsad Yaponiya emas. Yadro dasturining rivojlanishi AQShga qarshi qaratilgan” deya ma’lum qilgan. Agentlikka ko‘ra, Inoki va Li Su Yonning uchrashuvi 1,5 soat atrofida davom etdi. Suhbat chog‘i Shimoliy Koreya tomoni yadro qurolini birinchi bo‘lib qo‘llamaslik tamoyiliga sodiq qolishiga ham ishontirgan.

Теги: Shimoliy Koreya vakili yadro sinovl

Всего комментариев: 0
avatar