Главная » 2015 » Ноябрь » 23

Shimoliy Koreyada Kim Chen Inning safdoshi kutilmaganda “qayta tirildi”


  • News
  • 23 Ноя 2015(14:31)
  • 774
  • 0
O‘tgan yil sentabrida dafn qilingan KXDRdagi partiya mansabdori Xan Gvan San to‘satdan omma oldida paydo bo‘lib, baliq xo‘jaligiga tashrifi chog‘ida Kim Chen Inga hamrohlik qildi.

“Qayta tirilgan” amaldorning ism-sharifi markaziy “Nodon sinmun” gazetasida 23-noyabr, dushanba kuni chop etilgan maqolada tilga olindi. Biroq baliq xo‘jaligiga qachon tashrif buyurilgani va u qayerda joylashganiga aniqlik kiritilmagan.

Xan Gvan San shu yilning martidan hech qayerda tilga olinmay qo‘ydi. Janubiy Koreya OAVlari mamlakat razvedkasiga tayanib, uning qatl etilgani haqida xabar tarqatdi.
Всего комментариев: 0
avatar