Главная » 2015 » Июль » 13

Shimoliy Koreyada yangi internet provayderi ro'yxatdan o'tdi


  • Admin
  • 13 Июл 2015(19:50)
  • 375
  • 0

KXDRda yangi Byol internet provayderining xizmatlari ishga tushirildi. Shimoliy Koreya mutasaddilarining fikricha, u mahalliy monopolist Koryolink bilan raqobatlasha oladi. Bu haqda NorthKoreaTech blogi xabar qilmoqda. Koreyaning yopiq davlat ekanligi bois bu ma'lumotni rasmiy manbalardan tasdiqlashning iloji bo'lmayapti.
Ma'lum bo'lishicha, yangi provayder xorijiy sayyohlarga limitsiz 1 Mbt/s tezlikdagi internet tarmoqlarini realizasiya qilmoqda. Bunday tarmoqning oylik narxi 660 dollarni tashkil qiladi.
Mahalliy bozorda Koryolink foydalanuvchilarga faqat ikkita xizmat taklif qilar edi: mehmonlarga – xorijiy qo'ng'iroqlar, mahalliy aholiga – mahalliy tarmoq. Bundan keyin Koryolink faqat turistlar bilan shug'ullanadi, mahalliy aholiga esa Byol xizmat ko'rsatadi. Jumladan, yaqin orada provayder shahar aholisi uchun Wi-Fi tarmog'ini ishga tushirmoqchi.

Загрузка...
Всего комментариев: 0
avatar