Главная » 2016 » Февраль » 27

Shohrux reper katta sahnaga qaytish va konsert berish rejalarini e’lon qildi


  • voydodaxek
  • 27 Фев 2016(17:55)
  • 742
  • 0

Shohrux reper yaqin vaqt ichida katta sahnaga qaytmoqchi. Bu haqda “Sug‘diyona” gazetasi xabar berdi.

“Ayni kunlarda xayolimni qamrab olgan rejalardan biri — katta sahnaga qaytish. Prodyuserlik qilaman, ko‘maklashaman degan takliflar bor. Bir oy ichida shu takliflardan eng yaxshisini ko‘rib chiqib, katta sahnaga qaytmoqchiman”, — dedi reper.

“Aytib o‘tganimdek, bugun takliflar ko‘p. Yana ikki-uch yil bu sohada ishlasam bo‘ladi. Ijodni yangidan boshlasam, shou-biznesga qaytsam, albatta, konsert dasturi ham bo‘ladi”, — dedi Shohrux.

Avvalroq, ma’lum muddat davom etgan tanaffusdan so‘ng, Shohrux reper xonanda Shahzoda bilan duet kuylagani haqida xabar berilgan edi.

Загрузка...
Всего комментариев: 0
avatar