Главная » 2016 » Февраль » 18

Shohrux reper “My.gov.uz” haqida qo‘shiq kuyladi


  • voydodaxek
  • 18 Фев 2016(13:52)
  • 1091
  • 0

Taniqli reper Shohrux Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali — “My.gov.uz” haqida 32 soniya davom etadigan qo‘shiq kuyladi. Bu haqda “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazi — “Egov.uz”ning Facebook’dagi sahifasida xabar berilgan.

Qo‘shiq o‘zbek va rus tillarida kuylangan. Shohrux tomonidan uning “Xato” nomli qo‘shig‘i musiqasi ostida kuylangan kompozitsiyaning o‘zbekchasi quyidagi so‘zlardan iborat (qo‘shiqni bu yerda eshitish mumkin):

Teraman My.gov.uz,
Shart emas ko‘rishmoq yuzma-yuz.
Hayotingni osonlashtir,
365 kun — bahor, yoz, kuz.
Endi muammolaringni hal qil
Ikki baravar tezroq,
Ter — My.gov.uz.

“Egov.uz”ning Facebook’dagi sahifasida qayd etilishicha, mazkur qo‘shiq “My.gov.uz” haqidagi rolikda foydalaniladi.

loading...
Всего комментариев: 0
avatar