Главная » 2016 » Август » 22

Sirdaryo viloyat sudi yangi tug‘ilgan chaqaloqni sotishga urinish ishi bo‘yicha hukm chiqardi


  • Pro_eXclusive
  • 22 Авг 2016(17:15)
  • 320
  • 0
Jinoyat ishlari bo‘yicha Sirdaryo viloyat sudi Baxt shahri tug‘uruqxonasining shifokori va bemorini yangi tug‘ilgan chaqaloqni sotishga uringanligi uchun to‘rt yilga ozodlikdan mahrum etish jazosiga hukm qildi. Bu haqda “1news.uz” xabar bermoqda. “Adolat ko‘zgusi” gazetasining ma’lum qilishicha, mahalliy tug‘uruqxonaning bemori, yosh ayol akusherga yangi tug‘ilgan chaqaloqni 800 dollarga sotib berishni so‘rab murojaat qilgan. Shifokor ehtimoliy xaridorlarni qidira boshlagandan keyin huquqni muhofaza qilish organlari e’tiborini o‘ziga tortdi. “Bitim” viloyat IIB tezkor xodimlari nazorati ostida bo‘lib o‘tdi. Ayol bolani topshirib, pullarni olgandan so‘ng IIB xodimlari tomonidan qo‘lga olindi. Sud hukmi bilan har ikkala ayolga to‘rt yillik ozodlikdan mahrum etish jazosini umumiy rejimli axloq tuzatish koloniyasida o‘tash belgilandi.

Теги:

loading...
Всего комментариев: 0
avatar