Главная » 2016 » Сентябрь » 3

Sirli ko‘cha rassomi Benksi Massive Attack guruhi qo‘shiqchisi bo‘lib chiqishi mumkin


  • Pro_eXclusive
  • 03 Сен 2016(09:10)
  • 378
  • 0
Dunyodagi eng mashhur va sirli ko‘cha rassomi Benksi taxallusi ostida britaniyalik musiqachi, qo‘shiqchi, graffitichi, shuningdek, afsonaviy Massive Attack guruhi asoschilari va ishtirokchilaridan biri Robert “3D” Del Naya yashiringan bo‘lishi mumkin, deb yozadi “RIA Novosti” Daily Mail’ga tayanib. Jurnalist Kreyg Uillyams ta’kidlashicha, rassom Del Nayaning o‘zi yoki uning rahbarligida ijod qiluvchi va Massive Attack guruhiga aloqador bo‘lgan bir necha kishi bo‘lib chiqishi mumkin. O‘z tadqiqotlariga asoslanib, Uillyams Benksiga xos graffiti guruh konsert bergan joylarda paydo bo‘lishini sezdi. Uillyams Benksi dunyoning turli burchaklarida qoldirgan graffitilarni o‘rganib chiqib, so‘nggi 12 yil ichida kamida oltita holatda Massive Attack konsert bergan shaharlarda o‘ndan ortiq graffiti paydo bo‘lganini aniqladi. Ustiga-ustak, yangi tasvirlar guruh konsertidan sal avvalroq yoki keyinroq paydo bo‘lgan. Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, Del Naya graffitini 80-yillardan buyon chizib keladi va avvalroq Benksi uning do‘sti ekanligini tan olgan edi. Benksi jahon strit-artining eng yorqin namoyondalaridan biri hisoblanadi, u yaratgan asarlari haqida e’lon qilmasligi, yuzini hech kimga tanitmasligi bilan mashhur, uning shaxsi esa aniqlanmagan.

Теги:

Всего комментариев: 0
avatar