Главная » 2015 » Сентябрь » 21

Skype faoliyatida global nosozlik yuz berdi


  • News
  • 21 Сен 2015(23:01)
  • 361
  • 0
Xabar berishlaricha, Toshkent vaqti bilan 13:20 da Skype faoliyatida nosozlik yuz bergan. Manbaning ma’lum qilishicha, asosiy muammo shundaki, barcha foydalanuvchilarning maqomi “tarmoqda emas”ga o‘tib qolgan. Bundan tashqari, dastur qiyinchilik bilan yuklanishi mumkin.

Shunga qaramay, blogdagi axborotga ko‘ra, hozircha servisda xabar yo‘llash va qo‘ng‘iroqlarni amalga oshirish imkoniyati saqlanib qolgan. Dasturchilar nosozliklarni eng qisqa vaqt oralig‘ida bartaraf etishga va’da bermoqda.

Twitter foydalanuvchilarining qayd etishicha, nosozliklar, asosan, Skype’ning desktop versiyasida qayd etilgan, dasturning mobil versiyasi odatiy tartibda ishlashda davom etmoqda.
Загрузка...
Всего комментариев: 0
avatar