Главная » 2015 » Июль » 11

Smartup dasturining yangilangan versiyasi biznesni avtomatlashtirishda yangi qulayliklar taqdim etadi


  • bekzod
  • 12 Июл 2015(00:29)
  • 323
  • 0
Avvalroq biz sizlarga O‘zbekiston uchun innovatsion yechim bo‘lgan mobil tijoratni avtomatlashtiruvchi Smartup dasturi haqida so‘zlab bergan edik. Dasturchilar bir joyda turmaydi, shu kunlarda mahsulotning yanada qulayroq interfeys va bir nechta yangi funksiyalarga ega bo‘lgan yangilangan versiyasi chiqarildi.Eslatib o‘tamiz, Smartup FMCG dasturning xalq iste’moli mollarini tarqatuvchi kompaniyalar uchun 2012-yilda chiqarilgan versiyasidir. Bugungi kunda bu distribyutor o‘z ishida duch keladigan turli muammolarni yechishga qaratilgan to‘laqonli dasturiy majmuadir. O‘z mahsulotlari haqida gapirar ekan, dasturchilar uni distribyutorlarning yordamchisi deb ataydi va dastur ishtirok etadigan bir nechta asosiy yo‘nalishlarni ajratib ko‘rsatadi. Bu “maydonlar”dagi ishni avtomatlashtirish, ombor hisobini yuritish, mijozlar bazasi, buyurtmalarni qayta ishlash va tahlildir.

Dastur bilan ishlashdan olinadigan ustunliklarni bir boshidan ko‘rib chiqishga harakat qilamiz. Birinchi navbatda, dastur ofisdan tashqarida bo‘lgan xodimlarni nazorat qilishga yordam beradi. Savdo vakillari ish kuni davomida shaharda bo‘lishlari inobatga olinsa, ularning ishlari samaradorligini kuzatib borish ancha murakkab. Smartup real vaqt rejimida mobil xodimlarning harakatini xaritada ko‘rib borish imkonini beradi. Bu agentlarni o‘z majburiyatlarini vijdonan bajarishga undaydi. Biroq faqat nazorat vositasigina savdo vakillarining ishi sifatini oshirmaydi. Agentlarning o‘zi dastur joriy etilishi bilan o‘z ko‘rsatkichlari oshayotganini sezadi. Bunga ma’lumotlarni kiritish va hisoblashni avtomatlashtirish zamin yaratadi. Dastur barcha hisob-kitoblarni o‘ziga olishi evaziga xatolar soni sezilarli darajada kamayadi.

Shuningdek ta’kidlash joizki, dastur real vaqt rejimidagi ishni qo‘llab-quvvatlashi eng yangi ma’lumotlarni almashish imkonini beradi. Hech kim uchun sir emaski, xalq iste’moli mollari bozirida keskin raqobat sharoitida mijozlarni quvib yetishda istalgan ustunlikdan foydalanish muhimdir. Masalan, savdo nuqtasidan darhol ma’lumotlarni jo‘natish evaziga buyurtmani tezroq yetkazib berish mijozning sadoqatini sezilarli darajada oshirishi mumkin.

Yana bir muhim jihat ombor qoldiqlari hisobini yuritish hisoblanadi. Onlayn rejimda ishlaganda barcha savdo vakillari mahsulot qancha qolgani to‘g‘risidagi yangi ma’lumotlarni kuzatib borishi va faqat shu miqdordan kelib chiqqan holda buyurtma olishi mumkin. Bu ombordagi mahsulot miqdoriga mos kelmaydigan buyurtma olinishi ehtimolini istisno qiladi va buyurtmalarni to‘g‘rilashni kamaytiradi. Natijada mijoz boshida kelishilgan miqdordagi mahsuoltni qabul qilib oladi.

Avtomatlashtirishning ijobiy jihatlari orasida e’tirof etish lozim bo‘lgan keyingi tomoni mijozlar bazasi yuritilishidir. Bu istalgan distribyutorlik kompaniyasi asosining asosi va tartib albatta o‘rnatilishi lozim bo‘lgan jihatdir. Smartup yangilangan, tartibli va to‘laqonli mijozlar bazasini yuritish imkonini beradi. Smartup’da barcha ma’lumotlar ishonchli himoyalanganligi mahsulot yanada o‘ziga tortishiga sabab bo‘ladi.

Tahlil to‘g‘risida ham unutmaslik lozim. Istalgan rahbar kompaniyaning alohida bo‘limi yoki butun tizimga ish bo‘yicha sifat va son ko‘rsatkichlari orqali yaqqol qarashi mumkin. Bundan tashqari, dastur raqobat tahlilini o‘tkazish uchun bir qancha qo‘shimcha qulayliklarni ko‘zda tutadi. Masalan, savdo vakili atigi bir nechta tugmani bosish orqali chakana audit o‘tkazishi mumkin. Yoki ham yakuniy xaridorlar, ham savdo nuqtasidagi mas’ul shaxslar uchun so‘rovnomalar o‘tkazish imkoni bor. Ushbu ma’lumotlarning barchasi kompaniya ishlarining hozirgi holatiga aniq nazar solish, raqiblar faolligini kuzatib borish va buning asosida ishni takomillashtirish bo‘yicha keyingi qadamlarni rejalashtirish imkonini beradi.

Texnik taraqqiyot bir joyda turmaydi, zamonaviy texnologiyalar esa kimnidir hayratga solishdan allaqachon to‘xtagan. Bugun bu mavjud biznes modelini takomillashtirish va kompaniya ishi samaradorligini oshirish uchun ajoyib imkoniyatdir.

Smartup dasturi haqida batafsil ma’lumotlarni quyidagi vositalar orqali olishingiz mumkin:

Telefon: +998 (71) 150-44-33

Veb-sayt: http://fmcg.smartup.uz/

Reklama huquqi asosida

Теги: Smartup dasturining yangilangan ver

Всего комментариев: 0
avatar