Главная » 2015 » Сентябрь » 9

So‘nggi besh yillikning eng mashhur mobil ilova-dasturlari nomi e’lon qilindi


  • News
  • 09 Сен 2015(09:25)
  • 960
  • 0
Candy Crush Saga o‘yini iPhone va iPad’ning butun tarixida eng mashhur, Clash of Clans eng serdaromad o‘yin, Pandora Radio esa eng serdaromad ilova-dastur deb topildi.

Angry Birds esa mashhur o‘yinlar orasida uchinchi bo‘lgan bo‘lsa, daromadlik darajasi bo‘yicha kuchli o‘nlikka ham kira olmadi.

Facebook, Messenger, Instagram, WhatsApp va boshqa ijtimoiy tarmoqlar hamda messenjerlarning ilova-dasturlari ko‘chirib olishlari soni bo‘yicha kuchli o‘nlikni to‘ldirgan bo‘lsa-da, aksariyati xalqaro daromadlari bo‘yicha kuchli o‘nlikka kirmaydi.

Daromadlik darajasi bo‘yicha kuchli uchlikdan, Pandora Radio’dan tashqari, asosan, Yaponiyada daromad ko‘radigan Janubiy Koreyaning LINE messenjeri hamda Zoosk tanishuv xizmatining ilova-dasturi joy olgan.
Загрузка...
Всего комментариев: 0
avatar