Главная » 2015 » Декабрь » 21

Sobiq eridan boshiga bir nechta o‘q yegan ayol tirik qoldi


  • News
  • 22 Дек 2015(00:59)
  • 460
  • 0
Rossiyaning Dmitrov shahrida o‘zining sobiq turmush o‘rtog‘ini o‘ldirishga qasd qilganlikda gumon qilingan erkak hibsga olindi.

Ma’lum qilinishicha, 18-dekabr kuni gumonlanuvchi jabrlanuvchi ayol bilan janjallashib qolib, sobiq xotinining bosh qismiga “PM” travmatik pistoletidan kamida to‘rt marotaba o‘q uzgan.

Olingan jarohatlardan jabrlanuvchi hushidan ketib, yerga yiqilgan va hayot belgilarini ko‘rsatmay qo‘ygan. Ayolni o‘lgan deb o‘ylagan gumonlanuvchi voqea sodir bo‘lgan joydan qochib ketgan.

Shahar tergovchilari tomonidan o‘ldirishga qasd qilish moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi va gumonlanuvchiga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llanildi.

Теги: Sobiq eridan boshiga bir nechta o‘q

Всего комментариев: 0
avatar