Главная » 2015 » Июль » 29

SpaceshipTwo kosmik kemasining halokati uchuvchining aybi bilan ro‘y bergan


  • Admin
  • 29 Июл 2015(19:03)
  • 431
  • 0

2014-yil oktabridagi sinov parvozi chog‘ida SpaceshipTwo xususiy kosmik kemasi halokatga uchrashiga uchuvchining xatosi sabab bo‘lgan. Bu haqda AQShning Transportdagi xavfsizlik milliy boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan rasmiy tergov yakunlari bo‘yicha hisobotga tayanib, “Space.com” nashri xabar berdi, deb yozadi “Kommersant.ru”.

 

Ta’kidlanishicha, halokatda nobud bo‘lgan uchuvchi Maykl Olsberi pastlash vaqtida kema qanotlarining “atmosferali” holatini zarur bo‘lgan 1,4 tovush tezligi (1700 km/soat) o‘rniga, 0,9 tovush tezligigi o‘tkazgan. Aerodinamik yukning ortishi natijasida kosmik kema bo‘laklarga bo‘linib ketdi va yerga quladi. Maykl Olsberi halok bo‘ldi, ikkinchi uchuvchi Piter Ziboldu esa katapulta vositasida irg‘ib chiqishga muvaffaq bo‘ldi.

Всего комментариев: 0
avatar