Главная » 2015 » Декабрь » 10

Stiven Spilbergning “Ulkan va mehribon dev” filmining treyleri chiqdi


  • News
  • 10 Дек 2015(20:41)
  • 647
  • 0

Disney kinokompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan Stiven Spilbergning “The Big, Friendly Giant” (Ulkan va mehribon dev) nomli kinofilmining rasmiy treyleri namoyish etildi.

Video kompaniyaning YouTube’dagi sahifasida chiqarilib, foydalanuvchilar tomonidan bir kunda 1,3 milliondan ortiq ko‘rildi.

Filmdagi bosh rollarni Mark Raylens va Rubi Barnxill ijro etgan bo‘lib, ilk namoyish 2016-yil 1-iyul kuniga mo‘ljallangan.

Spilbergning “Ulkan va mehribon dev” filmi Disney Pictures uchun ishlangan ilk rejissorlik ijodi hisoblanadi. Filmni olishni boshlagan rejissor ishni hayajon va yashirib bo‘lmaydigan xursandchilik bilan boshlayotganligini ma’lum qilgan.

“Ulkan va mehribon dev” filmi Roald Dalning aynan shu nomli bolalar uchun mo‘ljallangan 1982-yildagi romani asosida suratga olindi.

Melissa Metison ssenariy muallifi bo‘lib, u “O‘zga sayyoralik”, “Kundun” kabi filmlar ustida ishlagan.

Всего комментариев: 0
avatar