Главная » 2015 » Октябрь » 15

Suratkash Ravshaniya Nilufar Usmonova uchun ertak to‘qidi


  • News
  • 15 Окт 2015(14:04)
  • 793
  • 0
Ijodiy parvoz, o‘ylangan fikrga hayot bag‘ishlanishi har bir inson hayotidagi qanot beruvchi soniyalar hisoblanadi. Har bir insonning o‘z qanotlari va o‘z ilhom parilari bor. Aynan shu notada o‘z yo‘nalishida birinchi bo‘lgan, ikki iqtidor sohibalarining hamkorlikdagi art-loyihasi yaratildi. Bu iqtidor sohibalari milliy estradamiz vakilasi Nilufar Usmonova va mashhur suratkash Ravshaniyalardir. O‘zining har bir suratiga Ravshaniya sirli kayfiyat taqdim etsa, Nilufar bu ijodiy fikrning bosh qahramoniga aylandi.

Tabiat, gullar, otlar va ayniqsa kitoblar — bularning barchasi Nilufarni o‘zi o‘ylagan rejasini amalga oshirishga ruhlantiruvchi narsalardir. Ha, Nilufar Usmonova yaqin kunlarda o‘z ijodini qadrlovchi muxlislarini, o‘spirin yoshdagilarga mo‘ljallangan birinchi shaxsiy kitobi chiqishi bilan xursand qilmoqchi. Hozirgi vaqtda kitob to‘g‘risidagi ma‘lumotlar sirlar pardasi bilan o‘ralgan bo‘lib, na uning mundarijasi, na muqovasi, na chop etilish vaqti ma‘lum qilinmagan. Faqat bir narsa ma‘lum bo‘lib, kitob mazmuni bolalarni va o‘smirlarni, balki katta yoshdagilarni ham, yangi va o‘zgacha olamga chorlaydi.
Всего комментариев: 0
avatar