Главная » 2015 » Сентябрь » 5

Suriyada o‘limi butun dunyoni larzaga solgan ikki yosh bola dafn etildi


  • News
  • 05 Сен 2015(09:49)
  • 2021
  • 0
Urush domida bo‘lgan Suriyadan O‘rtayer dengizi orqali Gretsiyaga yetib olmoqchi bo‘lib, onasi bilan birgalikda halok bo‘lgan ikki suriyalik bola 4-sentabr, juma kuni ona shahri Kobanidagi qabristonda dafn etildi.

Qayiq halokatida omon qolgan otaga hamdardlik bildirish uchun yuzlab kishilar keldi. Butun oilasidan ayrilgan Abdulla Kurdiy o‘sha tunda tirik qolgan to‘qqiz kishidan biri bo‘ldi. Turkiyadan grek orollaridan biriga qarab harakatlanayotgan qayiqni katta to‘lqinlar ag‘darib yuborishi natijasida yana 14 kishi, jumladan yosh bolalar cho‘kib ketdi.

Turkiyaning Bodrum shahrida to‘lqinlar qirg‘oqqa chiqarib tashlagan uch yoshli Aylan va uning besh yoshli akasi Galipning fotosuratlari dunyodagi barcha OAVlar e’tiboriga tushdi va dunyo hamjamiyatini harakatga keltirdi. Hamma yaxshi hayot ilinjida Yevropaga qarab qochayotgan muhojirlarni qutqarish bo‘yicha keskin choralar ko‘rish zarurati haqida gapira boshladi.

Manba: Daryo.uz
Всего комментариев: 0
avatar