Главная » 2015 » Ноябрь » 7

Surxondaryoda ota 2008-yilda tug‘ilgan qizini 9 million so‘mga sotmoqchi bo‘ldi


  • News
  • 07 Ноя 2015(20:06)
  • 874
  • 0
Surxondaryo viloyati Qiziriq tumanida istiqomat qiluvchi erkak o‘z qizini 9 million so‘mga sotmoqchi bo‘lgan vaqtda qo‘lga olindi.

Xabar berishlaricha, Qiziriq tumanida yashovchi fuqaro 2008-yil 25-martda tug‘ilgan qizini 9 million so‘mga sotishga qaror qilgan. U xaridordan 5 million so‘mni olgan vaqtida daliliy ashyo bilan qo‘lga olingan.

“Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qonunbuzarlarga nisbatan sud tomonidan tegishli jazo tayinlandi”, — deyiladi gazeta xabarida.

Qayd etishlaricha, qizini sotayotgan fuqaroni qo‘lga olish bo‘yicha tezkor tadbir qizni sotib olmoqchi bo‘lgan xaridor ayolning arizasiga asosan tashkil etilgan.
Всего комментариев: 0
avatar