Главная » 2016 » Март » 19

Tabiat qo‘ynida yashashga mo‘ljallangan eng qulay kemperlar


  • News
  • 19 Мар 2016(08:41)
  • 333
  • 0
Kemperlar — avtouylar ishlab chiqaruvchi kompaniyalar shahar shovqinidan qochib, tabiat qo‘ynida dam olishni istaganlarga mo‘ljallangan bir qancha modeldagi chodirlar, o‘ziyurar avtouylar, turistik avtofurgonlarni taqdim etdi. Novate ular orasida eng yaxshi va qulay deb topilganlariga to‘xtalib o‘tdi.

Tentsile Vista ko‘p qavatli osma chodiri

Daraxtdan daraxtga o‘tkazilgan arqonlarga mustahkamlanadigan Tentsile chodirlari ilk bor 2012-yilda taqdim etilgan edi. Kompaniya ishlanmalarini to‘xtatmadi va sekin-asta chodirni daraxtlarda muallaq turgan uyga aylantirdi.

Nam o‘tkazmaydigan Tentsile Vista chodiri bir necha qavatga, hasharotlarga qarshi to‘rga va yomg‘irga qarshi bostirmaga ega. Uni qo‘shimcha qavatlar bilan kengaytirish va ko‘p darajali portativ osma uyga aylantirish mumkin. Bu holda uning ichiga to‘qqiz kishi va hatto undan ko‘proq odam sig‘adi. Qo‘shimcha qavatlarsiz asosiy chodirning narxi 595 dollar turadi.

SylvanSport GO-Easy yengil kemping-treyleri

SylvanSport GO-Easy ixcham tirkamasi 125 kilogramm vaznga ega bo‘lib, kichik avtomobillar va mototsikllar bilan barcha turdagi sport anjom-aslahalari va asboblarini shatakka olishga mo‘ljallangan. Uning ichida tunash imkoniyatini yaratish maqsadida SylvanSport chodir bilan ta’minlangan. GO-Easy’ning narxi 2000 dollar, Roost qo‘shimcha chodirining narxi — 3000 dollar.

Tonke Fieldsleeper International ekspeditsion avtomobili

2014-yilga qadar barcha Tonke’ni Gollandiyaning yog‘och tirkamalar ishlab chiqaruvchi kompaniyasi sifatida tanir edi. Bugun u bozordagi eng chiroyli alyuminiyli tirkamalardan biri — Airstream ishlab chiqaruvchisi sifatida mashhur.

Mercedes Sprinter negizida yaratilgan Fieldsleeper International ekspeditsion avtomobil bo‘lib, uni oddiy va to‘la uzatmali variantlarda xarid qilish mumkin. Bort uskunalari — muzlatgich, plita, yoritish tizimi va konditsioner — ishlashi uchun mashina 400—600-vattli quyosh batareyalari tizimlari bilan ta’minlangan. Besh o‘rinli kemper dush, hojatxona va boshqa qulayliklarga ega.

Fieldsleeper International uchun ikki xil dvigatel taklif qilinmoqda: 190 ot kuchiga ega Mercedes Sprinter 519Cdi — 192 000 dollar, 160 ot kuchiga ega Sprinter 516Cdi — 154 576 dollar.

Wide Path velosipedli kemperi

40 kilogrammli Wide Path kemperi, kempingga mo‘ljallangan, avtomobil bilan shatakka olinadigan an’anaviy tirkamalardan farqli ravishda, velosiped yordamida shatakka olinadi. Velosipedli kemper ikki yoshi katta kishi va bir bolani tunab qolish uchun yetarli joy bilan ta’minlay oladi.

Wide Path yig‘iluvchi stol, yig‘iluvchi to‘shak va 300 litr suyuqlik sig‘adigan idishga ega. Uning narxi — 2500 dollar.

MVP Aero MVP gidrosamolyot-kemperi

“Dunyodagi eng universal samolyot” deb e’lon qilingan MVP gidrosamolyot, baliqchilik qayig‘i va suzuvchi-uchuvchi avtofurgon o‘rtasidagi omixta bir ishlanmadir. Samolyot-amfibiya quruqlikka, qorga va suvga qo‘na oladi.

Suvda apparat qo‘shimcha dvigateldan foydalangan holda qayiq misoli suzadi, unda hattoki baliq ovlash uchun paluba ham bor. Qanotlarni olib qo‘yib, uning suvdagi harakatini yanada qulaylashtirish mumkin.

Tunda MVP uskunalar paneli siljitiladi, uning o‘rnida keng va tekis pol ochilib, chodir o‘rnatiladi. Komplektda havo bilan to‘ldiriluvchi matras va to‘r belanchak bor, oxirgisi dvigatel ustuni va dum orasiga bog‘lanadi. MVP 189 000 dollarga baholanmoqda, ammo u 2018-yildan oldinroq sotuvga chiqarilishi dargumon bo‘lib qolmoqda.

EarthRoamer XV-LTS Xpedition 2014 gibridi

EarthRoamer XV-LTS 2014 – yo‘ltanlamas va kemper gibridi. Koloradodagi EarthRoamer kompaniyasi o‘z loyihasi uchun asos qilib 300 ot kuchiga ega V8 turbo-dizelli Ford F-550 yo‘ltanlamasini oldi. Kemperda qulay olti o‘rinli mehmonxona, 5:56 o‘lchamdagi tunash joyi, dushli va biohojatli vanna xonasi ko‘zda tutilgan. Barcha elektr uskunalar quyosh batareyalaridan quvvat oladi.

Overland Expo’da taqdim etilgan modelda hatto hashamatli buyumlar, jumladan, taroshlangan bokallar joylashgan shkaf, Keurig qahva damlovchi qurilmasi, 46 dyuymli televizorga ega Tailgating paketi bor edi. Kemperning narxi 312 000 dollardan 560 000 dollargacha bo‘lishi mumkin.

Volksleisure T5 kemper-van
Wellhouse Leisure kompaniyasi mikroavtobuslardan kemperlar yasashi bilan mashhurdir. Bu safar u Volkswagen negizida avtofurgon yaratdi. Volksleisure T5 kemperi to‘rt kishilik yotoq o‘rniga ega. Uning ichidagi oshxonada muzlatgich, nonushta stoli va toza suv uchun 35 litrli idish o‘rnatilgan. Volksleisure T5 ni 75 000 dollarga sotib olish mumkin.

Knaus Travelino konsepti

Germaniyaning Knaus Tabbert kompaniyasi kelajak kemperi konseptini taqdim etdi. U maxsus ishlab chiqilgan uskuna yordamida ixcham maydondagi kemperdan optimal darajada foydalanishni ko‘zda tutadi.

O‘lchami juda kichkina bo‘lishiga qaramay, treylerda oshxona, tamaddixona, ikki o‘rinli to‘shak, vanna va hatto tashqi oshxona ham bor. Bunga erishish uchun Travelino surilma devorlar bilan ta’minlandi, bu esa vanna va hojatxona uchun joy ajratishga yordam berdi: ular qo‘llangandagina ochib qo‘yiladi, boshqa vaqtda esa yig‘iq holda turadi. Hozircha Travelino konsept darajasida bo‘lib, seriyali shaklda ishlab chiqarilishi borasida biror ma’lumot yo‘q.

Action Mobil Global XRS 720 6×6 kemperi

Ulkan Action Mobil Global XRS 7200 kemperi 18 tonnali to‘la uzatmali olti g‘ildirakli MAN yuk mashinasi negizida yaratilgan. Uning kapoti ostida 720 ot kuchiga ega dvigatel joylashtirilgan. Bu kemper yordamida dunyoning istalgan nuqtasiga borish va u yerda istalganicha qolish mumkin.

Keng salonda iqlim nazorati tizimi o‘rnatilgan. Uning ichiga kirgan odam kemper cho‘lda yoki noqulay geografik landshaftda ekanligini unutib qo‘yishi mumkin. 720 litrli bakda toza suv saqlanadi, multimedia tizimi esa 40 dyuymli HD televizor, yo‘ldosh interneti, Apple TV, Bose audiotizimi va katta hajmli qattiq disk bilan ta’minlangan. Mashinada, shuningdek, kir yuvish mashinasi va quritish dastgohi bor.

Kemper narxi 1,1 million dollarni tashkil qiladi.

Kunning boshqa qiziqarli yangiliklarini Telegram messengeridagi Official canalimiz @VOYDODATVda kuzatib boring!

Теги: Tabiat qo‘ynida yashashga mo‘ljalla

Всего комментариев: 0
avatar