Главная » 2016 » Август » 21

Taekvondo. Dmitriy Shokin Rio—2016 dagi so‘nggi jangida koreyalik sportchidan yengildi


  • Pro_eXclusive
  • 21 Авг 2016(11:27)
  • 378
  • 0
Taekvondoning 80 kilogrammdan ziyodroq og‘irlikka ega bo‘lgan sportchilari o‘rtasidagi bellashuvlarida O‘zbekiston sharafini himoya qilgan Dmitriy Shokin yarim final bosqichiga qadar chiqib borgandi. Biroq u o‘zining so‘nggi ikki jangida imkoniyatni boy berib qo‘ydi. Shokin Rio—2016 dagi ishtirokini xitoylik Syao Senga qarshi boshlab, raqibini mag‘lub etgandi. Chorak finalda u kubalik Rafael Kastilyoga chiqish eshiklarini ko‘rsatib qo‘ydi. Final ostonasida nigerlik Issufu Abdulrazzoq bilan to‘qnash kelgan Shokin, 2:8 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi va turnirning bronza medali uchun kurashish imkoniyatini saqlab qoldi. Bronza kechgan birinchi jangda braziliyalik Maykon Andrade britaniyalik Maxama Choni taslim qildi. Dmitriy Shokin hamda Janubiy koreyalik Chxa Don Min o‘rtasidagi ikkinchi bronza jangida esa omad koreyalik sportchiga kulib boqdi. Dastlabki uch raunddan keyin hisob 3:3 bo‘lib turgandi. Oltin ochko uchun kechgan jangda esa koreyalik taekvondochi 1 ochkoga ega chiqib, Rio—2016 ni bronza medali bilan yakunlandi.

Теги:

Загрузка...
Всего комментариев: 0
avatar