Главная » 2015 » Ноябрь » 2

Tahlilchilar: o‘tgan chorakda 4,5 millionta Apple Watch sotildi


  • News
  • 02 Ноя 2015(22:15)
  • 314
  • 0
Apple kompaniyasi Apple Watch soati qanday miqdorda sotilgani haqidagi ma’lumotlarni oshkor etishni istamayapti, biroq bu tahlilchilarga qurilma savdosini ancha aniq baholashda xalal bermaydi.

Bozordagi ikkita obro‘li kuzatuvchi qayd etishicha, korporatsiya o‘tgan chorakda 4,3—4,5 millionta Apple Watch sota olgan.

Strategy Analytics ma’lumotlariga ko‘ra, 2015-yilning uchinchi choragida butun dunyo bo‘yicha turli korxonalar jami 6,1 millionta “aqlli” soat sotgan. Shundan 4,5 millioni Apple (73,8%), 0,6 millioni Samsung (16,4%) hissasiga to‘g‘ri keldi.

Global Equities Research hisob-kitobi bo‘yicha, Apple uchinchi chorakda sotgan “aqlli” soatlar 4,3 milliontani tashkil qiladi. To‘rtinchi chorakda esa ushbu ko‘rsatkich 15 million donagacha oshib ketishi mumkin.

Теги: 5 millionta Apple Watch sotildi, Tahlilchilar: o‘tgan chorakda 4

Всего комментариев: 0
avatar