Главная » 2015 » Ноябрь » 8

Tailanddagi go‘zallik tanlovi g‘olibasi farrosh onasi qarshisida tiz cho‘kib ta’zim qildi


  • News
  • 08 Ноя 2015(14:28)
  • 784
  • 0
17 yoshli Xanitta “Mint” Fasayeng 25-sentabr kuni Miss Uncensored News Thailand 2015 milliy tanlovi g‘olibiga aylandi.

Tanlovdan so‘ng ko‘p o‘tmay, go‘zallik qirolichasi ona shahriga qaytib, chiqindi yig‘ish va qayta ishlash orqali pul topadigan onasi qarshisida tiz cho‘kdi va unga minnatdorlik bildirdi.

Mintning so‘zlariga ko‘ra, u hech qachon onasining kasbidan uyalmagan. Ular qashshoqlikda yashagani bois, maktabni bitirgach, Mint oliy o‘quv yurtiga bormagan. U bolaligida ota-onasi ajrashib ketgan.

Tanlovdagi g‘alabasidan so‘ng Mintga reklama biznesi, kino va televideniyeda ish taklif qilishdi. Biroq, qizning aytishicha, onasi baribir chiqindi to‘plash kasbidan voz kechmoqchi emas.
loading...
Всего комментариев: 0
avatar