Главная » 2017 » Август » 4

“Taxtlar o‘yini” 7-mavsumining 4-qismi internetga chiqarib yuborildi


  • Mirkarimoff
  • 05 Авг 2017(00:03)
  • 620
  • 0

“Taxtlar o‘yini” serialining yangi mavsumi 4-qismi televideniye orqali namoyish etilmasdan turib internetga chiqib ketdi. Bu qismni Reddit resursida ko‘chirib olish mumkin.

Resursdagi tred muallifining so‘zlariga qaraganda, ushbu material Pokistondan sovg‘adir.

Ayni paytda ko‘rish va ko‘chirishlar soni juda ko‘pligi tufayli videoni ko‘rish imkoni mavjud emas.

Seriya taqdimoti televideniyeda 6-avgust kuni bo‘lib o‘tadi.

Bir muddat ilgari HBO telekanalining minglab fayllar xakerlar tomonidan o‘g‘irlandi. Ular orasida video, tasvirlar va musiqa bor.

Всего комментариев: 0
avatar