Главная » 2015 » Октябрь » 13

TechNovator XE — smartfonni havo orqali quvvatlaydigan g‘aroyib qurilma


  • News
  • 13 Окт 2015(14:07)
  • 594
  • 0
Hozirgi kunda kimnidir simsiz smartfon «zaryadkasi» bilan hayron qoldirish qiyin. Lekin bu qurilmalarning bitta umumiy o‘xshashligi bo‘lib, ular qurilmaga yaqin joyda turgan bo‘lishi lozim. Buning ustiga quvvat olish vaqtida smartfon egasi o‘z qurilmasidan to‘liq foydalana olmaydi.

TechNovator kompaniyasi, bu muammoni yechishga qaratilgan, kelajagi porloq deb atash mumkin bo‘lgan XE nomli qurilmani yaratdi. Bu qutilma deyarli huddi Wi-Fi routerdek ishlaydi, lekin Wi-Fi signalni emas elekrt energiyasini uzatadi. Qurilma joylashgan xonaga kirgandan so‘ng smartfoningizni cho‘ntagingizdan yoki sumkangizdan chiqarishingiz shart emas. Gadjetni undan foydalanayotgan vaqtingizda yoki o‘yinlar o‘ynayotgan vaqtingizda quvvatlantirib olaverasiz.

Quvvatlashdan avval smartfonga XE bilan mos tushadigan maxsus g‘ilofni kiydirish lozim bo‘ladi. U, elekrt energiyasini qabul qilish vazifasini bajaradi. Kompaniya hozircha faqatgina iPhone 6 va iPhone 6 Plus uchun g‘iloflarni taqdim etdi. Keyinchalik boshqa smartfonlar uchun ham g‘iloflar chiqarilishi rejalashtirilmoqda. Bunday g‘ilofning qalinligi 3 mm ni tashkil qiladi.

Quvvatlash jarayoni «App Store» dan yuklab olingan maxsus mobil dastur orqali amalga oshiriladi. Dasturda simsiz quvvatlanish boshlanadigan batareykaning quvvat foizini, quvvatlash uchun sutkadagi kun vaqtini, quvvatlash tezligini va har bir qurilma uchun uning muhimlik darajasini belgilasa bo‘ladi.

Bu ajoyib quvvatlash bazasi, quvvatini yo‘qotmagan holda bir vaqtning o‘zida to‘rtta qurilmani 5 metr radius atrofida quvvatlashga qodir. Bundan uzoq masofada quvvatlash tezligi kamayadi. 1,5-2 metr atrofida oddiy smartfonni 0 dan 100% gacha to‘rt soat mobaynida quvvatlash mumkin. Albatta, XE bu vaqtda oddiy simli «zaryadka» ga nisbatan ancha ko‘p elektr energiyasini sarflaydi.

XE ning ishlash printsipi, «elektromagnit maydonlarning rezonansi» qo‘llanilishiga asoslangan. Elektr energiyasi, rezonans rejimda ishlaydigan ikkita katushka orasida uzatiladi. Ulardan biri g‘ilofda joylashtirilgan. Xuddi shu asosda radio va xatto Wi-Fi ham ishlaydi. Faqatgina ular boshqa chastotalardan foydalaniladi.

Qurilma bir yil davomida to‘liq laboratoriya tekshiruvidan o‘tkazildi va mutahassislar u inson salomatligiga hech qanday zarar keltirmaydi degan qarorga kelishdi.

TechNovator XE qurilmasini Kickstarter kraudfanding platformasida 2015 yil noyabr oyida taqdim etishadi. Hozircha rasmiy e‘lon qilingan narxlar yo‘q, lekin simsiz quvvatlash stansiyasi va g‘ilofning narxi $200 atrofida bo‘lishi kutilmoqda. Siz yangilikning keyingi taqdiri bilan TechNovator kompaniyasining rasmiy saytida tanishib borishingiz mumkin.
Всего комментариев: 0
avatar