Главная » 2015 » Ноябрь » 19

Telegram IShIDning 78 ta kanalini blok qildi


  • News
  • 19 Ноя 2015(22:18)
  • 375
  • 0
Messenjer ma’muriyati xabarida qayd etilishicha, ochiq kanallardan IShID diniy targ‘ibot uchun foydalanayotgani haqidagi xabarlar kompaniyani xavotirga solgan.

Xabar berishlaricha, blok qilingan kanallarda 12 tilda targ‘ibot ishlari olib borilgan. Messenjer kelajakda ochiq kanallarning ma’lumoti ustidan shikoyat qilish imkonini beruvchi tugmani joriy etishni rejalashtirmoqda.

Telegram messenjeri Apple kompaniyasining talabi va mobil dasturni App Store’dan o‘chirib tashlash bilan tahdid qilgani sabab, IShID kanallarini blok qilgan.

16-noyabr kuni Rossiya Davlat dumasi deputati Aleksandr Ageyev, Telegram diniy aqidaparastlar orasida ommalashgani munosabati bilan, Federal xavfsizlik xizmati rahbari Aleksandr Bortnikovdan rossiyalik foydalanuvchilarning Telegram’dan foydalanishini cheklash imkoniyati o‘rganib chiqishni so‘ragandi.

Ageyevning tashabbusiga javoban, Telegram messenjeri asoschisi Pavel Durov so‘zlarni taqiqlashni taklif qilgandi. “Ma’lum bo‘lishicha, terrorchilar so‘zlar vositasida muloqot qiladi”, — degandi Telegram asoschisi.
Загрузка...
Всего комментариев: 0
avatar