Главная » 2016 » Март » 6

Telegram yordamida uy sotib olish mumkin. Yo‘g‘e?


  • voydodaxek
  • 06 Мар 2016(18:55)
  • 537
  • 0

Telegram — bugun kunda smartfonga o‘rnatilishi shart bo‘lgan mobil dasturdir. Vaziyat shu darajadaki, mobil qurilmaga Telegram’dan boshqa dasturni o‘rnatishning hojati ham yo‘q: unda barcha aloqalar ro‘yxati bor — tanishlaringga xohla matnli, xohla ovozli xabar yo‘lla; videolar va fotosuratlarni istagancha yuborib, istagancha qabul qil; yangilik kanallariga obuna bo‘lib, so‘nggi voqea-hodisalardan xabardor bo‘l; botlar bilan o‘yin o‘yna. Yoki uy sotib ol.

Ha, Telegram’dan foydalangan holda uy sotib olish yoki kvartira ijaraga olish ham mumkin. “Uybor.uz”ning aqlli @uybor_bot boti bu masalada tengi yo‘q yordamchiga aylanadi. Biz avvalroq bu bot haqida yozgandik. Chaqaloq vaqt o‘tgani sayin yangi bilimlarni o‘zlashtirib, dunyoni tanib borgani sari, @uybor_bot ham zamon bilan hamnafas bo‘lib, yanada aqlli va mukammal ko‘rinish olmoqda.

Dastlab u faqat rus tilida gaplashardi. Lekin Siz Telegram’da asosan o‘zbek tilida muloqot qilishingizni ko‘rib, endi o‘zbek tilida ham e’lonlarni yubora oladigan bo‘ldi. Agar Siz “Uybor.uz”ning botidan birinchi marta foydalanayotgan bo‘lsangiz, u rus tilida murojaat qiladi — “Настройки” (“Sozlash”) bo‘limiga o‘tib, botni o‘zbek tilida gapiradigan qilish mumkin.

Загрузка...
Всего комментариев: 0
avatar