Главная » 2016 » Февраль » 25

Termizda havo haroratining iliqligi bo‘yicha 53 yil avvalgi rekord yangilandi


  • News
  • 25 Фев 2016(11:02)
  • 603
  • 0
Surxondaryo viloyati ma’muriy markazi Termiz shahrida 23-fevral, seshanba kuni havo harorati +26 darajagacha ko‘tarildi.

Bu meteorologik kuzatuvlarning 23-fevral tarixi bo‘yicha Termiz shahrida qayd etilgan yangi rekorddir. 23-fevral tarixidagi bundan avvalgi eng yuqori harorat 1963-yilda qayd etilgan bo‘lib, o‘shanda havo harorati +24,6 darajagacha ko‘tarilgan edi.

Termizda 2016-yil davomida bungacha ham — 24-yanvar kuni havo haroratining iliqligi bo‘yicha rekord qayd etilgan edi. O‘shanda havo harorati +19,9 darajagacha ko‘tarilib, 1963-yil 24-yanvaridagi rekorddan +0,01 daraja o‘tib ketgandi.

Avvalroq, 22-fevral kuni Toshkent shahrida havo haroratining iliqligi bo‘yicha 121 yil avvalgi rekord yangilangani haqida xabar berilgan edi.
Всего комментариев: 0
avatar