Главная » 2015 » Июль » 10

Teylor Sviftning Blank Space qo‘shig‘iga ishlangan klip jahon rekordini o‘rnatdi


  • News
  • 10 Июл 2015(12:20)
  • 674
  • 0
Teylor Svift o‘tgan yilning noyabr oyida Blank Space qo‘shig‘iga ishlangan yangi videoni taqdim etdi. Jozef Kan rejissorlik qilgan klip katta omadga erishdi.

Yarim yilcha vaqt o‘tgach, Sviftning klipini tomosha qilganlar soni milliarddan oshib ketganligi ma’lum bo‘ldi. Bu ko‘rsatkich bilan Teylor nafaqat o‘zining jahon musiqasidagi o‘rnini belgilab berdi, balki rekord ham o‘rnatdi. Svift klipi eng qisqa vaqt ichida bir milliard marta tomosha qilingan birinchi qo‘shiqchi bo‘ldi.

Teylor Svift o‘zining Twitter’dagi sahifasida muxlislariga minnatdorlik bildirdi.

Manba: Daryo.uz
Всего комментариев: 0
avatar