Главная » 2015 » Февраль » 8

Tez kunda Umidaxondan kutilmagan mavzudagi videoklip premerasi


  • Admin
  • 08 Фев 2015(16:58)
  • 643
  • 0

Mahzun, sokin taronalarni ham, sho‘h-shodon qo‘shiqlarni ham maromiga yetkazib ijro etuvchi, o‘ziga hos yokimli ovozga ega Umidahon, tez orada yangi qo‘shiq va videoklip premerasini taqdim etadi.Kuni kecha mutlaqo yangi va kutilmagan mavzudagi tarona uchun klip suratga olish ishlari yakunlandi. ''Serial'' nomli ajoyib mavzuni qamragan mazkur ijod mahsulining so‘zi va musiqa muallifi Eldor Qayumov, aranjirovka ustasi esa Botir Alievdir. Mazkur hazilomuz kompozisiya uchun klipmeyker Sarvar Karimov hamda operator Izzat Lutfullaev tomonidan videoklip tasvirga olindi. Klipda Umidahon turli serial obrazlari, ya’ni Esmeralda, Jadi, Jassi hamda Tangem qiyofalarida namoyon bo‘ladi. Qolaversa klip jarayonida bir necha yillar davomida xalqimiz tomonidan sevib tomosha qilingan bir kator serial qahramonlari, shu jumladan Melisio, doktor Molaver, Hanuman, Jumong va boshqalarni uchratamiz.  Nihoyatda qizikarli kechgan suratga olish maydonidan mahsus fotoreportajni tomosha qilib, undagi obrazlarni kimlar ijro etganini o‘zingiz topasiz, deya ma’lum etmadik. Yaqin kunlarda montaj jarayonlari tugashi bilan yangi videomahsulotni saytimiz orqali tomosha kilasiz. O‘tkazib yubormang. 
 

Всего комментариев: 0
avatar