Главная » 2015 » Сентябрь » 25

Tim Kuk hayotini Apple Watch saqlab qolgan o‘smirni malaka oshirishga taklif qildi


  • News
  • 25 Сен 2015(09:36)
  • 422
  • 0
Boston yaqinidagi shaharchada istiqomat qiluvchi o‘quvchi haqidagi voqea AQSh nashrlarida 20-sentabr kuni paydo bo‘lgandi. WCVB telekanalining xabariga ko‘ra, 17 yoshli kichik Pol Xyul futbol bilan shug‘ullanganidan so‘ng, o‘zini juda yomon his qilgan.

Dastlab Pol o‘zining ahvoliga jazirama havo sabab deb o‘yladi, biroq keyin o‘z pulsini Apple Watch soatlarida o‘lchab ko‘rdi. Puls ko‘rsatkichi odatdagi normadan ikki barobar yuqori edi — qurilma o‘quvchining yuragi daqiqasiga 145 marta urayotganini ko‘rsatdi.

Yigitcha mashg‘ulotlardan so‘ng bir muddat mizg‘ib olganidan so‘ng ham puls ko‘rsatkichi o‘zgarmagan. Shundan so‘ng, ko‘rikdan o‘tish uchun shifoxonaga borgan va u yerda unga rabdomioliz hamda yurak, jigar va buyrak faoliyatining buzilishi tashxisi qo‘yilgan. Rabdomioliz vaqtidagi o‘tkir buyrak yetishmovchiligi o‘limga sabab bo‘lishi mumkin.

Kichik Xyulning so‘zlariga ko‘ra, agar Apple Watch unga pulsi haddan tashqari yuqori ekanligini bildirib turmaganida, u o‘z holatiga nisbatan hech qanday chora ko‘rmagan bo‘lardi. Otasining so‘zlariga ko‘ra, dastlab “aqlli” soatlarni sotib olish fikri unga ma’qul kelmagandi, biroq o‘g‘li bilan yuz bergan hodisadan so‘ng u o‘ziga va xotiniga ham bittadan Apple Watch sotib olgan.

Shifokorlar Xyulga futbol bilan shug‘ullanishni taqiqladi, yigitchani esa kelasi yil yozda Apple’ning bosh idorasida malaka oshirishga taklif qilishdi. Mazkur baxtli hodisadan Apple rahbari Tim Kuk ham xabar topib, o‘smirga shaxsan o‘zi qo‘ng‘iroq qildi va unga yangi iPhone hamda Kupertinoda malaka oshirishni taklif qildi.

Apple Watch odatiy rejimda har 10 daqiqada infraqizil nurlanish orqali yurak pulsini o‘lchab turadi. Jismoniy harakatlarni bajarish vaqtida esa “aqlli” soatdagi yurak urish datchigi mazkur axborotni muntazam ravishda qabul qiladi.
Всего комментариев: 0
avatar