Главная » 2015 » Декабрь » 9

Time Angela Merkelni “Yil odami” deb e‘lon qildi


  • News
  • 09 Дек 2015(21:27)
  • 341
  • 0
Time jurnali Germaniya kansleri Angela Merkelni “Yil odami ― 2015” deb tan oldi.

Jurnal tahririyati uning moliyaviy inqirozni yengib o‘tishdagi va Ukraina bo‘yicha Rossiya bilan bo‘lgan kelishmovchilikning yechimini topishdagi rolini ta’kidlab, Merkelni Yevropaning eng kuchli siyosatchisi deb nomladi.

Ta’kidlanishicha, joriy yil davomida uch marotaba Yevropa kelajagi masalasi ko‘ndalang qo‘yilgan bo‘lib, ular jumlasiga, yevrohududning saqlanib qolinishini mavhum qilib qo‘ygan Gretsiyaning bankrot bo‘lish ehtimoli, chegaralar ochiqligi prinsipiga tahdid solgan migratsiya inqirozi, yakkalanish va umumiy ishonchsizlikka harakat qilib qolishga sababchi bo‘lgan Parij teraktlari kiritilgan.

Ushbu holatlarning har birida Merkel faol rol o‘ynadi. Germaniya o‘zining shartlarini qo‘yib Gretsiyani bankrotlikdan saqlab qolib, muhojirlarni qabul qildi va IShIDga qarshi bo‘layotgan urushda ishtirok eta boshladi.

Теги: Time Angela Merkelni “Yil odami” de

Всего комментариев: 0
avatar