Главная » 2015 » Ноябрь » 16

Tojikistonda ikki yoshli qizaloq avtomobilning 300 metrli jarlikka qulashidan so‘ng omon qoldi


  • Admin
  • 16 Ноя 2015(19:39)
  • 943
  • 0
Tojikistonda ikki yoshli qizaloq avtomobilning 300 metr balandlikdan qulashidan so‘ng omon qoldi.

Respublika Ichki ishlar vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, avtohalokatga tosh ko‘chishi sabab bo‘lgan. Buning oqibatida Xo‘jand—Dushanbe yo‘nalishida ketayotgan mashina chuqur jarlikka tushib ketgan.

Avtomobil ichidagi haydovchi va uch nafar yo‘lovchi nobud bo‘lgan. Halokatda faqat ikki yoshli qizaloq tirik qolgan va turli darajadagi jarohatlar bilan kasalxonaga yotqizilgan.

Теги: Tojikistonda ikki yoshli qizaloq av

Всего комментариев: 0
avatar