Главная » 2015 » Ноябрь » 11

Toshkent markazida yangi Nexia’ning to‘rt g‘ildiragi yechib ketildi


  • News
  • 11 Ноя 2015(12:43)
  • 683
  • 0
Toshkent shahrining Labzak dahasida huquqbuzarlar Chevrolet Nexia 2 avtomobilining to‘rtala g‘ildiragini yechib ketdi. Bu haqda 11-noyabr, chorshanba kuni Facebook’dagi “Voditeli Tashkenta” guruhida xabar qoldirilgan.

“To‘rtta yangi g‘ildirak o‘rniga ikkita domkrat qoldirib ketishibdi”, — deb yozadi g‘ildiraksiz qolgan yangi avtomobil suratini guruhga joylagan foydalanuvchi.

Aksariyat foydalanuvchilar domkrat qolganiga xursand bo‘lsa arziydi, qabilida fikr bildirgan bo‘lsa, foydalanuvchilarning biri: “Kimdir bu o‘g‘rilarni qo‘rqitib yuborgan, o‘zidan o‘zi ular domkratni qoldirib ketmaydi”, — deb yozgan.

“Avtomobil egasiga achinaman. Qanday ahvolga tushganini ham his qilyapman. Bir yil avval mening mashinamni ham g‘ildiraklarini yechib ketishgandi”, — deb yozadi boshqa bir foydalanuvchi.

“Voditeli Tashkenta” guruhining bir qator a’zolari domkratlarda o‘g‘rilarning barmoq izlari qolgan bo‘lishi mumkinligi haqida fikr bildirgan, boshqa bir foydalanuvchilar esa g‘ildirakni yechganlar qo‘lqopda ishlagan bo‘lishi mumkin, deb yozgan.
loading...
Всего комментариев: 0
avatar