Главная » 2015 » Сентябрь » 22

Toshkent osmonida noma’lum uchar jism ko‘ringani xabar qilindi


  • News
  • 22 Сен 2015(20:55)
  • 1090
  • 0
Bugun, 22-sentabr kuni Toshkent osmonida noma’lum uchar jism ko‘rindi. Uning suratlari va videolari Facebook’dagi turli guruhlarda paydo bo‘ldi.

Joylangan surat izohida uchar jism Toshkent vaqti bilan 18:20 da osmonda ko‘ringani aytilgan. U avvaliga gorizontal yo‘nalish bo‘ylab harakat qilgan, keyin esa pastga katta tezlikda tusha boshlagan. Postni qoldirgan foydalanuvchi uning kometa ekanligini taxmin qilgan.

“Voditeli Tashkenta” guruhi foydalanuvchilari Yunusobod tumani va Chorsu bozori atrofida uchar jismni ko‘rishganini yozgan.

Izoh qoldirgan foydalanuvchilardan biri bu katta ehtimol bilan meteor ekanligini, chunki meteorlar tezda yonib ketishi mumkinligini bildirgan. Boshqa foydalanuvchilar esa bu qo‘shni davlatlardan biridan uchirilgan raketa bo‘lishi mumkinligini taxmin qildi.

Eslatib o‘tamiz, bundan bir oy muqaddam — 22-avgust kuni ham Toshkent osmonida noma’lum uchar jism ko‘ringan. Ammo keyinchalik u Rossiyadan uchirilgan “Topol” ballistik raketasi ekanligi ma’lum bo‘lgan edi.

O‘shanda Rossiyaning Astraxan viloyatida “Kapustin Yar” davlat markaziy poligonidan RS-12M “Topol” qit’alararo ballistik raketasi sinov parvozini amalga oshirgan va Qozog‘istondagi “Sari-Shag‘an” poligonidagi shartli nishonni berilgan aniqlik bilan bartaraf etgan edi.
Загрузка...
Всего комментариев: 0
avatar