Главная » 2016 » Февраль » 28

Toshkent shahri va Farg‘ona vodiysida 29-fevral kuni havo harorati +23 darajagacha ko‘tariladi


  • voydodaxek
  • 28 Фев 2016(23:17)
  • 299
  • 0

O‘zbekistonda 29-fevral, dushanba kuni havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Bu haqda “O‘zgidromet” markazi xabar berdi.

29-fevralga o‘tar kechasi havo harorati O‘zbekistonning tog‘li hududlarida +7 darajagacha, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Farg‘ona vodiysi viloyatlari va Toshkent shahrida +8 darajagacha iliq bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida dushanba kuniga o‘tar kechasi +10 darajagacha, Buxoro va Navoiy viloyatlarida +12 darajagacha, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida esa +13 darajagacha iliq bo‘lishi kutilmoqda.

29-fevral kuni kunduzi Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida +8…+13 daraja, O‘zbekistonning tog‘li hududlarida esa +10…+15 daraja iliq bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlari hamda Toshkent shahrida havo harorati +23 darajagacha ko‘tarilsa, Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida +20…+25 daraja iliq bo‘lishi kutilmoqda.

loading...
Всего комментариев: 0
avatar