Главная » 2016 » Январь » 25

Toshkent Shimoliy vokzali yaqinida uch avtobus ishtirokida yuz bergan avariya katta tirbandlikka sabab bo‘ldi


  • voydodaxek
  • 25 Янв 2016(16:53)
  • 487
  • 0

Toshkent Shimoliy vokzali yaqinida, Kichik halqa yo‘lidan Farg‘ona yo‘liga olib chiquvchi ko‘prikda uch avtobus ishtirokida yo‘l-transport hodisasi yuz berdi. Bu haqda hodisa guvohlari Facebook’dagi “Voditeli Tashkenta” guruhida xabar qoldirgan.

Avariyaga uchragan avtobuslarning rusumlari, yo‘nalish raqamlari haqida ma’lumot berilmagan. Xabarga ilova qilingan suratlarda bitta Isuzu, ikki Mercedes-Benz Conecto Low Floor avtobuslari hamda to‘xtab turgan “Gazel” mikroavtobusini ko‘rish mumkin.

 

Qayd etishlaricha, YTH Farg‘ona yo‘liga olib chiquvchi ko‘chaning boshida yuz bergani va harakatni to‘liq to‘xtatib qo‘ygani sabab, Kichik halqa yo‘li bo‘ylab katta tirbandlik yuzaga kelgan. Foydalanuvchilar avtobus haydovchilarini keskin tanqid ostiga olgan.

“Bu — avtobus haydovchilarning bir-biri bilan o‘zaro poyga o‘ynashiga yorqin misoldir”, — deb yozadi foydalanuvchilardan biri. “Qanchadan qancha odam manziliga kech qoldi, muhimi, hamma sog‘-salomat bo‘lsa bo‘ldi”, — deb qo‘shimcha qiladi boshqa bir foydalanuvchi.

Теги: Toshkent Shimoliy vokzali yaqinida

Всего комментариев: 0
avatar