Главная » 2015 » Ноябрь » 29

Toshkentda 33 yoshli piyodani mashinasida urib, qochib ketgan talaba olti soatda topildi


  • News
  • 29 Ноя 2015(13:01)
  • 811
  • 0
Toshkentdagi oliy ta’lim muassasalaridan birining 1-kursida ta’lim oluvchi talaba avtomobilda 33 yoshli piyodani urib yuborib, voqea joyidan qochib ketgan. Toshkent shahar IIBB YHXB Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqa qilish bo‘limi inspektori mayor Alisher Abduqodirovning ma’lum qilishicha, hodisa 30-oktabr kuni ro‘y bergan.

Xabar berishlaricha, piyoda og‘ir tan jarohati bilan shifoxonaga keltirilgan. “Yo‘l-transport hodisasi kunduzgi soat ikkilarda sodir etilgan bo‘lsa, haydovchi kechqurun 20:00 lar atrofida qidiruv bo‘limi xodimlari tomonidan ushlandi”, — deydi mayor Abduqodirov.

“Bunday hodisalarni aniqlashda, albatta, haydovchining o‘sha paytda telefondan gaplashgani aniqlanadi, shuningdek, atrofdagilarning voqeani ko‘rgani ham e’tiborga olinadi. Voqeani o‘rganish uchun atrofdagi videokuzatuvlar ham ko‘riladi. Qisqasi, bugun texnika taraqqiyotida hech bir YTH beiz, yashirincha qolmaydi”, — dedi IIBB YHBB vakili.
Загрузка...
Всего комментариев: 0
avatar