Главная » 2015 » Ноябрь » 8

Toshkentda 40 xonadonning 37 million so‘m pulini o‘zlashtirgan gaz nazoratchisi 10 yarim yilga ozodlikdan mahrum etildi


  • News
  • 08 Ноя 2015(14:29)
  • 524
  • 0
Toshkent shahridagi tuman gaz ta’minoti tashkilotlaridan birida nazoratchi sifatida ishlagan shaxs 40 ga yaqin xonadon egalarining gaz haqi uchun to‘lovlarini o‘z ehtiyoji yo‘lida ishlatib yubordi.

Toshkent shahar Olmazor tumani prokurori Saidkarim Muxtorovning ma’lum qilishicha, ayblanuvchi fuqaro 2009—2013-yillar mobaynida tuman gaz tashkilotida ishlab, shaharning Sag‘bon ko‘chasida istiqomat qiluvchi 40 nafarga yaqin xonadon egalarining 37 million so‘mdan ortiq to‘lov pullarini o‘zlashtirgan.

Sud qonunbuzar nazoratchini 10 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum etish, shuningdek, undan “Toshshahargaz” filiali foydasiga 37 million so‘mdan ko‘proq mablag‘ni undirish haqida hukm chiqargan.
Загрузка...
Всего комментариев: 0
avatar