Главная » 2016 » Февраль » 8

Toshkentda 9-fevral kuni yomg‘ir qorga aylanadi


  • News
  • 08 Фев 2016(21:22)
  • 402
  • 0
O‘zbekistonning aksariyat hududlarida 9-fevral kuni qor yog‘adi.

9-fevralga o‘tar kechasi va 9-fevral kuni kunduzi Buxoro, Navoiy, Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida +7 darajagacha, Toshkent shahrida +5 darajagacha, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida +2 darajagacha iliq bo‘ladi.

O‘zbekistonning tog‘li hududlarida kechasi va kunduzi -5…0 daraja sovuq bo‘ladi, qor yog‘adi. Farg‘ona vodiysi viloyatlarida 9-fevralga o‘tar kechasi +2…+7 daraja, kunduzi +8…+13 daraja iliq bo‘ladi, faqat yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatidan boshqa barcha hududlarda yog‘ingarchilik kutiladi, Buxoro, Navoiy, Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlari va Toshkent shahrida yomg‘ir qorga aylanadi.

Теги: Toshkentda 9-fevral kuni yomg‘ir qo

Всего комментариев: 0
avatar