Главная » 2016 » Август » 24

Toshkentda Microsoft Lumia 650 smartfoni 1,4 mln so‘mdan sotuvga chiqdi


  • Pro_eXclusive
  • 24 Авг 2016(13:43)
  • 419
  • 0
O‘zbekistonda Microsoft Lumia 650 smartfoni sotila boshladi, deb yozadi “Mobinfo.uz”. Uning asosiy o‘ziga xosligi korpus atrofidagi metall romdir. Smartfonga Windows 10 Mobile operatsion tizimi o‘rnatilgan. Lumia 650 5 dyuymli va 1280×720 pikselli AMOLED-displey (Gorilla Glass 3 shishasi bilan qoplangan), to‘rt yadroli Qualcomm Snapdragon 212 protsessori, 1 Gb tezkor va 16 Gb ichki xotira (+200 gigabaytgacha microSD), 8 megapikselli asosiy va 5 megapikselli old kamera, 2000 mA/soat sig‘imli akkumulyatorga ega. Qurilmaning qalinligi 6,9 mm, og‘irligi esa atigi 122 grammga teng. Poytaxtdagi “Fleshka” savdo majmuasida Microsoft Lumia 650 (qora rangli korpusda) 1,4 million so‘mdan taklif qilinmoqda. Ushbu qurilmani ko‘rsatilgan narxda sotib olishga “Daryo” nashri kafolat bermaydi. Qurilma va uning narxi haqidagi axborot faqat tanishish uchun taqdim etilgan.

Теги:

Всего комментариев: 0
avatar