Главная » 2015 » Декабрь » 9

Toshkentda narxi qariyb 100 ming dollarlik Porsche ishtirokida YTH yuz berdi


  • News
  • 09 Дек 2015(21:31)
  • 942
  • 0
Toshkent shahrida 8-dekabr, seshanba kuni Porsche Panamera avtomobili ishtirokida yo‘l-transport hodisasi yuz berdi. Bu haqda Facebook’dagi “Voditeli Tashkenta” guruhida xabar qoldirilgan, foto va videoma’lumotlar ilova qilingan.

Yo‘l-transport hodisasi Toshkent Moliya institutining Amir Temur shoh ko‘chasidagi binosi oldida yuz bergan. Avtomobil old tomoni bilan qatnov qismiga nisbatan qarama-qarshi holatda turib qolgan, mashinaga jiddiy zarar yetgan.

Guruh foydalanuvchilarining qayd etishicha, YTHga yomg‘irli ob-havo va yo‘lning bu vaqtda sirpanchiqligi sabab bo‘lgan. Foydalanuvchilar tomonidan ilova qilingan axborotga ko‘ra, avariyaga uchragan avtomobil narxi 80—100 ming AQSh dollariga teng edi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, avtomobilda xavfsizlik yostiqchalari juda ko‘pligi sabab, haydovchiga zarar yetmagan.
Всего комментариев: 0
avatar