Главная » 2015 » Сентябрь » 8

Toshkentda yo‘lning ajratuvchi to‘sig‘i ustidan oshib o‘tgan qiz ijtimoiy tarmoqlar qahramoniga aylandi


  • News
  • 08 Сен 2015(08:49)
  • 1362
  • 0
Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkentning Oloy bozori oldidagi serqatnov yo‘lning qarama-qarshi qatnov qismlarini ajratib turuvchi to‘siq ustidan oshib o‘tayotgan qizning suratlari tarqalib ketdi.

“Noma’lum shaxslar qizning to‘siq ustidan oshib o‘tish jarayonining eng noqulay lahzasini suratga tushirib olgan. O‘rni kelganda ta’kidlash joiz, ko‘chadagi piyodalar o‘tish joyi shu yerdan atigi 20 metr narida edi”, — deyiladi xabarda.

Fotosurat Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi turli guruhlarida tarqalib ketdi va ismi noma’lum qiz kun qahramoniga aylandi. Ba’zi foydalanuvchilar esa mazkur holat yuzasidan o‘z ijodini namoyish etib, graffiti-suratlar ham chizdi.
loading...
Всего комментариев: 0
avatar