Главная » 2015 » Декабрь » 6

Toshkentdagi barcha uylar 2016-yil oxirigacha optik tola bilan qamrab olinadi


  • News
  • 06 Дек 2015(19:51)
  • 670
  • 0
Toshkent shahrida 2015-yilda 525 ta ko‘p qavatli uy optik tolali internetga ulandi. Bu haqda “O‘zbektelekom” AK Boshqarma bosh mutaxassisi Yodgor To‘laganov “Darakchi” gazetasiga ma’lum qildi.

Kadastr ma’lumotlariga ko‘ra, Toshkent shahrida 11 mingdan ortiq ko‘p qavatli uylar bor, hozirgi vaqtda 3000 dan ortiq ko‘p qavatli uy FTTB texnologiyasi bilan qamrab olingan.

“Yil oxiriga qadar yana 2000 ta uy ular safiga qo‘shiladi. 2016-yilning oxiriga qadar Toshkentdagi barcha uylar optik tola bilan qoplab olinadi”, — deydi “O‘zbektelekom” vakili.
loading...
Всего комментариев: 0
avatar