Главная » 2015 » Сентябрь » 3

Toshkentlik 13 yoshli maktab o‘quvchisi Xanti-Mansiyskda hammani lol qoldirdi


  • News
  • 03 Сен 2015(14:07)
  • 847
  • 0
2-sentabr kuni Xanti-Mansiyskda bo‘lib o‘tgan yoshlar o‘rtasidagi shaxmat bo‘yicha jahon chempionatining boshlang‘ich turi shov-shuvli hodisalarga boy bo‘ldi.

Unda o‘zbekistonlik 13 yoshli Vohidov Shamsiddin shu yili xalqaro grossmeyster nomini qozongan 16 yoshli hindistonlik Kartxikeyana Muraliga qarshi qora donalarda o‘ynab, raqibini mag‘lub etdi.

3-sentabr kuni bo‘lib o‘tadigan ikkinchi turda Vohidov Shamsiddin hindistonlik raqiblari bilan kurashni davom ettiradi. Bu safar u Sunildutx Lina Narayananga qarshi dona suradi.

Manba: Daryo.uz
Всего комментариев: 0
avatar