Главная » 2015 » Ноябрь » 13

Toshkentlik ayol Telegram’da Mehribonlik uyi uchun xayriyaga deb pul yig‘ib, aldab ketgani xabar berildi


  • News
  • 13 Ноя 2015(13:18)
  • 396
  • 0
Facebook’dagi “Volonteri.uz” guruhi a’zolaridan biri Mehribonlik uyida Yangi yil bayrami o‘tkazish bahonasi bilan ushbu guruh nomidan pul yig‘gan, biroq mablag‘ kassaga kelib tushmagan.

Aniqlik kiritilishicha, ayol Telegram messenjerida “Volonteri” nomi ostida guruh ochib, u yerga Facebook’dagi “Volonteri.uz” guruhining postlarini joylagan, bog‘lanish uchun o‘z telefon raqamini qoldirgan. U yerda yig‘gan mablag‘i esa rasmiy guruhning kassasiga tushmagan, shuningdek, guruh hamkorlik qiladigan Mehribonlik uylariga ham topshirilmagan.

“Afsuski, mablag‘ umumiy kassaga kelib tushmadi, shuning uchun barchani ogohlantiraman, u ayolning ‘Volonteri.uz’ guruhiga hech qanday aloqasi yo‘q!” — deb yozdi u hamda xayriya maqsadida buyumlar va pullarni unga topshirmaslikni so‘radi.

Foydalanuvchilarning ba’zilari aniq faktlar bo‘lmasdan turib, uni firibgarlikda ayblash noto‘g‘ri deb hisobladi. Biroq post muallifi ayolning guruh qoidalariga zid ish tutganini ta’kidlagan. Uning yozishicha, agar guruh nomidan ish ko‘rilsa, guruh ma’muriyatini bu haqda ogohlantirish va yig‘ilgan mablag‘ni umumiy kassaga topshirish lozim.

Postga bildirilgan fikrlardan ma’lum bo‘lishicha, ayol Facebook va Telegram’dagi turli guruhlarda muhtojlar uchun turli buyum va kiyim-kechaklar xayriya qilish haqida qoldirgan xabarlari orqali ko‘pchilikka yaxshi tanish bo‘lib qolgan. Ba’zilar uning shubhaliligini allaqachon anglagan bo‘lsa, qolganlar uchun bu yangilik bo‘ldi.

Foydalanuvchilarning ko‘pchiligi bu shubhali ayolni topib, tegishli jazo berilishiga erishish kerakligini qayd etgan, yana kimlardir uni xudoga solgan.

Теги: aldab ketgani xabar berildi, Toshkentlik ayol Telegram’da Mehrib

Всего комментариев: 0
avatar