Главная » 2015 » Февраль » 2

Toshkentlik qo‘shiqchi Rossiyadagi teleshou kastingida hay’at a’zolarini lol qoldirdi


  • Admin
  • 02 Фев 2015(14:56)
  • 845
  • 0

“Rossiya-1” telekanali yangi “Glavnaya ssena” (“Bosh sahna”) loyihasini ishga tushirdi, deya xabar bermoqda “12news.uz”. Shouda qatnashish uchun butun Rossiya va yaqin xorijdan kelgan 10 mingdan ortiq nomzod ko‘rib chiqildi.

Kastingda o‘zbekistonlik qo‘shiqchi Sardor Milano ham muvaffaqiyatli ishtirok etdi. U Andrea Bochelli va Sara Braytmanning Time To Say Goodbye qo‘shig‘ini mahorat bilan ijro etdi va nafaqat ko‘psonli tomoshabinlar, balki hay’at a’zolari va prodyuserlar olqishlariga sazovor bo‘ldi.

Loyiha doirasida jami beshta saralash bosqichi o‘tkaziladi, bu ularning dastlabkisi bo‘ldi.

Sardor Milano (Sardor Eshmuhammedov)ning ijod yo‘li Toshkentdagi “Olovuddin” bolalar studiyasidan boshlangan. Shundan so‘ng u klassik fortepiano sinfi bo‘yicha teatr kollejida, 2010-yildan boshlab esa Moskva musiqiy bilim yurtida o‘qidi.

Sardor bungacha ham ko‘plab xalqaro tanlovlarda ishtirok etgan. Xususan, “Novaya volna — 2011” saralash bosqichida yarim finalchi, “Yevrovideniye — 2012” tanlovi saralash bosqichida esa finalchi bo‘lgan.

Всего комментариев: 0
avatar