Главная » 2015 » Декабрь » 27

Total-look: Yangi yilni qanday libosda kutib olish bo‘yicha maslahatlar


  • News
  • 27 Дек 2015(22:50)
  • 1195
  • 0

Yangi yilni qanday libosda kutib olish to‘g‘risida o‘zbek dizaynerlaridan maslahatlar.

Yangi yil kechasiga tayyorgarlik ko‘rish jarayonida ayollar eng ko‘p muhokama qiladigan savolga, o‘z javobimizni tayyorlashga qaror qildik. Yangi yilni kutib olish mumkin bo‘lgan 5 ta liboslar to‘plami, o‘zbek dizaynerlari — Tais & I, Sharkoni Must Have, Yasmin Vahitova va Dilnoz tomonidan yaratilib, milliy modani qadrlovchilar uchun bir total-lookda to‘plandi.

Barcha liboslar Sauce shou-rumi tomonidan taqdim etilgan.

 
Total-look: Yangi yilni qanday libosda kutib olish bo‘yicha maslahatlar. Фото №1

Keyingi yil olovrang maymun yili bo‘lishiga qaramay, qora narsalar unga begona emas. Dunyo kuturyelarining butun mavsum favoriti bo‘lgan rang, bayramda ham o‘z o‘rnini berib qo‘yish niyatida emas. Sharkoni Must Have tomonidan taqdim etilgan, o‘tgan asrning 20 yillari uslubidagi kichik qora libos, hayajonli bayram kayfiyatini ko‘tarishi aniq.

© Yekaterina Uskenbayeva

 
Total-look: Yangi yilni qanday libosda kutib olish bo‘yicha maslahatlar. Фото №2

Noan‘anaviy yechimlarni xush ko‘ruvchilar uchun Tais & I tomonidan taqdim etilgan, patlar va payetkalar bilan bezatilgan toplar, o‘z sohibasini yorqin shaxsligini ko‘rsata oladi. Bu toplar «Sharkoni Must Have» tomonidan taqdim etilgan va butun mavsum davomida urf bo‘lgan bahmal yubka bilan ajoyib yechimni hosil qiladi.

© Yekaterina Uskenbayeva

 
Total-look: Yangi yilni qanday libosda kutib olish bo‘yicha maslahatlar. Фото №3

Dilnoz brendi o‘z ixlosmandlariga got uslubiga xoslikni va ko‘plab yaltiroq echimlarni taklif etadi. Kristallar bilan bezatilgan A-shaklli kalta qora ko‘ylak, turli qomatga ega ayollarga mos keladi. Bunday libosni baland poshnalik tufli bilan ham, past poshnali istalgan poyafzal bilan ham kiyish mumkin bo‘ladi.

© Yekaterina Uskenbayeva

 
Total-look: Yangi yilni qanday libosda kutib olish bo‘yicha maslahatlar. Фото №4

O‘ziga ishongan ayollarga yangi qirralarni ochish tavsiya etiladi. Sharkoni Must Have tomonidan taqdim etilgan, oq top va «shorti» bilan birlashtirilgan harir libos hech kimni befarq qoldirmaydi. Muhimi, bu libosni tanlagan qiz, keyingi yil timsoli bo‘lgan maymun kabi sho‘xlik va o‘zini ko‘rsatishni xush ko‘radi.

© Yekaterina Uskenbayeva

 
Total-look: Yangi yilni qanday libosda kutib olish bo‘yicha maslahatlar. Фото №5

Qora rangdagi sodda lola bichimli, gulli naqshlar va yaltiroq biser bilan bezatilgan libos, dizayner Yasmin Vahitova tomonidan taqdim etilgan. Libos o‘z sohibasining qaddi qomati va minimallikni yoqtirishini ko‘rsatib turadi. Yirik detallarni xush ko‘ruvchilar uchun, obrazni «Sharkoni Must Have» tomonidan yaratilgan soch taqinchog‘i bilan boyitish tavsiya etiladi.

© Yekaterina Uskenbayeva

Теги: Total-look: Yangi yilni qanday libo

Всего комментариев: 0
avatar