Главная » 2015 » Октябрь » 26

Toyota avtomobillar sotuvi bo‘yicha yana jahon birinchiligini egalladi


  • News
  • 26 Окт 2015(13:14)
  • 756
  • 0
Yaponiyaning Toyota Motor Corp. guruhi 2015-yilning to‘qqiz oylik yakuni natijalariga ko‘ra, avvalroq jahon avtomobil bozorida qo‘ldan chiqargan birinchilikni yana o‘ziga qaytardi.

Toyota 26-oktabr, dushanba kuni yanvar—sentabr oylarida 7,49 million avtomashina sotganligini ma’lum qildi. 2015-yilning birinchi yarim yilligi natijalari bo‘yicha yaponiyalik raqibidan o‘zib ketgan Germaniyaning Volkswagen AG avtokonserni esa bu davr ichida 7,43 million avtomobil sotgan.

Sentabrda yuzaga kelgan “dizel mojarosi”dan keyin Volkswagen 11 million avtomobilini chaqirib olishga majbur bo‘lmoqda.

Toyota kompaniyasi esa yaqinda bir qator yangi modellar, jumladan, yangilangan Prius avtomobilini chiqardi. Bu esa unga sotuv hajmini ko‘paytirish imkonini beradi.
Загрузка...
Всего комментариев: 0
avatar