Главная » 2016 » Сентябрь » 8

Turkiya 15-avgustdan buyon Kurdiston ishchi partiyasining 200 dan ortiq hujumi oldini oldi


  • Pro_eXclusive
  • 08 Сен 2016(16:37)
  • 305
  • 0
Turkiya hukumati 15-avgustdan buyon mamlakatda taqiqlangan Kurdiston ishchi partiyasining 229 ta terrorchilik hujumi, jumladan, minalashtirilgan avtomobillar ishtirokidagi 39 va xudkush terrorchilar ishtirokidagi 19 ta hujumning oldini oldi. Bu haqda Turkiya bosh vaziri o‘rinbosari Nurettin Janikliga tayanib, “RIA Novosti” xabar berdi. “15-avgustdan 7-sentabrgacha bo‘lgan davrda Kurdiston ishchi partiyasi terrorchilari bilan kurash doirasida 229 ta hujum, jumladan, bombalar qo‘llanilgan 155, minalashtirilgan avtomobillar ishtirokida 39 va xudkush terrorchilar qatnashgan 19 ta hujumning oldi olindi. 13,1 tonna portlovchi moddalar musodara qilindi”, — dedi Janikli Anqaradagi matbuot anjumanida. Turkiyada mamlakat hukumati tomonidan taqiqlangan Kurdiston ishchi partiyasi faoliyat yuritadi. Partiya mamlakatdagi bir qator teraktlarni amalga oshirishda ayblanadi.
Загрузка...
Всего комментариев: 0
avatar