Главная » 2016 » Август » 24

Turkiya Rossiya Injirlik bazasidan foydalana olmasligini ma’lum qildi


  • Pro_eXclusive
  • 24 Авг 2016(09:36)
  • 210
  • 0
Turkiya bosh vaziri o‘rinbosari Numan Kurtulmush Rossiya Injirlik bazasidan foydalana olmasligi, chunki u NATO a’zosi emasligini ma’lum qildi, deb yozadi “RBK”. Kurtulmush, shuningdek, Rossiya-Turkiya aloqalaridagi inqiroz yengib o‘tila boshlagani Suriyada tinchlikka erishish uchun yangi yo‘llar ochishini ta’kidladi. Avvalroq Turkiya bosh vaziri Binoli Yildirim agar bunday zarurat tug‘ilsa, Rossiya Injirlik bazasidan foydalanishi mumkinligini istisno qilmagandi. Yildirim Rossiya Turkiya tomoniga bunday iltimos bilan murojaat qilmaganini qo‘shib qo‘ydi.

Теги:

Всего комментариев: 0
avatar